Zehno
Zehno

Maxfiylik

Maxfiylik siyosati

Zehno oddiy user akkaunti bilan ishlaydigan, o'quvchilar uchun xavfsiz ta'lim platformasi. Biz faqat xizmat ishlashi uchun zarur ma'lumotlarni yig'amiz.

Oxirgi yangilanish: 23-avgust, 2026

Qanday ma'lumot saqlanadi

O‘quvchi va ota-ona akkauntlari Google orqali ochiladi: ism, tasdiqlangan email, Google akkaunt ID si va profil rasmi saqlanishi mumkin. O‘quvchi uchun sinf va tanlangan avatar ham saqlanadi. Ota-ona bilan bog‘lanish alohida, bir martalik kod orqali tasdiqlanadi.

Mashq natijalari, javoblar, o'zlashtirilgan mavzular, coin, stiker, uy vazifasi, o'yin natijasi va xarid holati shaxsiy o'quv yo'lini yuritish uchun saqlanadi.

Ma'lumotdan qanday foydalanamiz

Ma’lumot mos savollarni tanlash, progress va haftalik hisobotni ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Ota-ona faqat bir martalik kod bilan bog‘langan farzandlarining hisobotini ko‘radi. Kodning o‘zi emas, uning hash qiymati va amal qilish muddati saqlanadi. Ota-ona yoki farzand profil orqali bog‘lanishni uzishi mumkin; o‘quv natijalari saqlanadi.

Zehno’da reklama, begona foydalanuvchilar bilan ochiq chat yoki o'quvchi ma'lumotini reklama uchun sotish yo'q.

Google, Telegram va xizmat ko'rsatuvchilar

Saytda akkaunt Google orqali ochiladi. Zehno Telegram ichida (Mini App sifatida) ochilganda akkaunt Telegram orqali ochiladi yoki unga kiriladi: bunda Telegram foydalanuvchi ID si, ismi va profil rasmi saqlanadi, user botga yozishga ruxsat bergan bo'lsa — haftalik hisobot uchun chat ID si ham. Saytdan botni faqat haftalik hisobot olish uchun ham ulash mumkin; bunda Telegram chat ID si saqlanadi.

Google autentifikatsiya ma'lumotini, Telegram esa kirish va bot ulanish ma'lumotini o'z maxfiylik qoidalari bo'yicha qayta ishlaydi. Hosting va ma'lumotlar bazasi xizmat ishlashi uchun zarur minimal texnik ma'lumotni qayta ishlashi mumkin.

Saqlash, xavfsizlik va o'chirish

Parollar bir tomonlama hash shaklida saqlanadi, sessiya cookie’si HTTP-only va productionda Secure hisoblanadi. Internetdagi hech bir tizim mutlaq xavfsizlikni kafolatlay olmaydi, ammo kirish va so'rovlar himoyalanadi.

O‘quvchi profilidagi “Akkauntni o‘chirish” akkaunt va uning o‘quv natijalarini o‘chiradi. Ota-ona ma’lumotini o‘chirish so‘rovi uchun administratorga murojaat qiling. Bog‘lanishni uzish farzand akkauntini o‘chirmaydi.

Bog'lanish

Maxfiylik bo'yicha savol yoki o'chirish so'rovi uchun Zehno Telegram guruhidagi administratorga murojaat qiling. Rasmiy yordam emaili ishga tushgach shu sahifaga qo'shiladi.